Aylinda ekologik qo’zg’atuvchilar tufayli yoki oftalmologik jarrohlik amaliyotlari jarayonida kuzatiladigan ko’zda quruqlik, charchoq yoki diskomfort hissi paydo bo’lganda qo’llaniladi.
Allereyesdagi olopatadin H1-gistamin retseptorlarining selektiv ingibitori hisoblanadi, shuningdek semiz hujayralardan yallig’lanish mediatorlarini ajralib chiqishini ingibitsiya qiladi. Yaqqol allergiyaga qarshi (antigistamin) ta’sir ko’rsatadi.
Belazidim preparati III avlod sefalosporinlar guruhiga mansub keng spektrli antibakterial preparat hisoblanadi. Bakteritsid (mikroorganizmlar hujayra devori sintezlanishini to’xtatadi) ta’sir qiladi.
Belacef grammanfiy va grammusbat mikroorganizmlarga qarshi keng ta’sir doirasiga ega, grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlar ishlab chiqaradigan ko’pgina β-laktamazalarga nisbatan yuqori chidamlikka ega.
Bromesol – mukolitik va balg’am ko’chiruvchi ta’sirga ega. Jiddiy bronxial sekretsiyalarning seroz komponentini ko’paytiradi; lipillovchi epiteliy kiprikchalarini faollashtiradi, balg’amning yopishqoqligini pasaytiradi, uning hajmini va yaxshi ko’chib chiqishni oshiradi.
Ichakning sog’lom mikroflorasini samarali qo’llab turish, me’yorda hazm qilish jarayonini va disbakterioz rivojlanishini oldini olish uchun ovqatga biologic faol qo’shimcha sifatida qo’llaniladi.
Biologik tabiyatli preparatdir. Patogen ta’siridan xoli, normada ichakda mavjud bo’luvchi Bacillus clausii mikroorganizmining sporalaridan tashkil topgan.
Geptolekt ko’plab transmetilatsiya reaktsiyalarida koenzim va metil guruhi donori sifatida, transsulfurizatsiya reaktsiyalarida biokimyoviy tiol birikmalarining (sistein, taurin, glutation, koenzim A va boshqalar) kashshofi sifatida ta’sir ko’rsatadi.
Kaltsinorm neyronlararo va nerv-mushak o’tkazuvchanligini, yurak avtomatizmini taqsimlaydi, ko’ndalang-targ’il va silliq mushaklarning qisqarishida ishtirok etadi.
Levoyaps – ko’z tomchilari ofloksatsin dori vositasining ratsemik L-izomeri. Ofloksatsinning antibakterial faolligini asosan ushbu L-izomer belgilaydi.
Memibel-L vaginal suppozitoriylar tarkibida metronidazol – antibakterial va trichomonadalarga qarshi ta’sir uchun, zamburuqlarga qarshi mikonazol va mahaliy anestetik samara beruvchi lidokain saqlaydi.
NEO VITES ishtaha uchun ozuqaga biologik qo’shimchasi yaxshi ishtahani ta’minlash va me’da-ichak traktini ovqat hazm qilish funktsiyasini ta’minlash uchun zarur bo’lgan biofaol moddalarning qo’shimcha manbai hisoblanadi.
NEO VITES tinch uyqu ozuqaga biologik faol qo’shimchasi – bu o’simlik komponentlaridan, B6 vitamini va melatonin majmuasidan iborat, bu ularning markaziy asab tizimidagi qo’zg’alish va ingibitsion jarayonlarining normal muvozanatini qo’llab turish uchun bir tarafga yo’naltirilgan ta’sirini hisobga olgan holda.
Novosalik – kuchli glyukokortikosteroid, betametazon va salitsil kislotasining birikmasidir. Novosalik yallig’lanishga qarshi, qichishishga qarshi, antiproliferativ, keratolitik va mikroblarga qarshi ta’sirga ega.
Pardifen aktiv geli yallig’lanishga qarshi ta’sir ko’rsatadi, ya’ni turli yallig’lanish jarayonlarining turli bo’g’inlariga ta’sir qiladi: antiprostaglandin samarasi; yuqori o’tkazuvchanlikni pasayishi, mikrosirkulyatsiya jarayonlarini normalashtirish, gistamin, bradikinin va yallig’lanishning boshqa mediatorlari ta’sirini kamaytirish.
Ramkatsin transport va matritsa RNK komplekslari hosil bo’lishiga to’sqinlik qiladi, oqsil sintezini bloklaydi, shuningdek bakteriyalarning tsitoplazmatik membranalarini buzadi.
Revianoks tarkibidagi Tenoksikam nosteroid yallig’lanishga qarshi preparat bo’lib, u kuchli yallig’lanishga qarshi va og’riqni qoldiruvchi kuchli ta’sirga ega, isitmani tushirish ta’siri kamroq ifodalangan, shuningdek trombotsitlar agregatsiyasini ogohlantiradi.
Restorator jigarda GMG-KoA reduktaza va jigarda xolesterin sintezini ingibitsiya qilish orqali qon plazmasidagi xolesterin va lipoproteinlar darajasini kamaytiradi.
Rozaket tarkibidagi ketorolak og’riq qoldiruvchi va yallig’lanishga qarshi ta’sirga ega, biroq uning tizimli og’riq qoldirish ta’siri yallig’lanishga qarshi samarani sezilarli darajada oshiradi.
Levocetirizine allergik reaktsiyalarning rivojlanishini oldini oladi va yengillashtiradi, antieksudativ, qichishishga qarshi ta’sir ko’rsatadi; deyarli antixolinergik va antiserotonin ta’sir ko’rsatmaydi.
Levocetirizine allergik reaktsiyalarning rivojlanishini oldini oladi va yengillashtiradi, antiekssudativ, qichishishga qarshi ta’sir ko’rsatadi; deyarli antixolinergik va antiserotonin ta’sir ko’rsatadi.
Tadretdagi Torasemid peroral yuborilgandan keyin tez va deyarli to’liq so’riladi va uning zardobdagi kontsentratsiyasi bir soat davomida va peroral qabul qilingandan keyin 2 soatgacha o’zining cho’qqisiga (Cmax) erishadi.
Tvardoks H angiotenzin II retseptorlari antagonisti, telmisartan va tiazidli diuretik, gidroxlorotiazidi majmuasini namoyon qiladi. Qon bosimini samarali va asta-sekin pasayishini ta’minlaydi.
Angiotenzin II retseptorlarining spetsifik antagonisti. Angiotenzin II retseptorlari AT1 subtipi osti retseptorlariga yuqori yaqinlikga ega, angiotenzin II ning ta’siri ushbu retseptor orqali amalga oshiriladi.
Terikvin atipik antipsikotik preparatdir. Kvetiapin va uning faol metaboliti N-dezalkilkvetiapin bosh miyaning neytrotransmitter retseptorlari bilan o’zaro aloqa qiladi.
Urolekt tarkibidagi natriy bikarbonati kislotalarni neytrallashtiruvchi va siydikda kislota darajasini pasaytiruvchi ishqorlovchi agentdir. Siydikda yuqori kislotalik yallig’langan qovuqni siydik bilan to’qnashuvi natijasida achishish hissini chaqirishi mumkin. Natriy bikarbonatning asosiy vazifasi diskomfortni va siydik chiqarishdagi og’riqni yengillashtirish.
Flukonazol – bu triazol zamburug’ga qarshi agent. Asosiy ta’sir mexanizmi 14 – alfa-lanosterolning demetillashuvi reaktsiyasining susaytirish hisoblanadi, bu zamburug’larda ergosterol biosintezining asosiy bosqichidir.
Ginkgo Biloba tarkibida 100 dan ortiq tabiiy biofaol moddalar mavjud bo’lib, ularning orasida eng muhimi triterpen laktonlari, kvertitsin bioflavonoidlari, tanin flavonoid glikozidlari, organik va ginkgol kislotalari, aminokislotalar, katexinlar, steroidlar va shakar, mikroelementlar va alohida vitaminlar hisoblanadi.
Encelad – trombotsitlar agregatsiyasining o’ziga xos ingibitori bo’lib, koronar arteriyalarni kengaytiruvchi ta’sirga ega.
HOZIRGI PAYTDA MAHSULOTLAR YO‘Q
Amal qiluvchi qonunchilikka binoan, ushbu bo‘limda taqdim etilgan ma’lumot faqat tibbiyot va farmasevtika sohasida diplomlashtirilgan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.
Siz sog‘liqni saqlash sohasida diplomlashtirilgan mutaxassis hisoblanasizmi?