Aylinda ekologik qo’zg’atuvchilar tufayli yoki oftalmologik jarrohlik amaliyotlari jarayonida kuzatiladigan ko’zda quruqlik, charchoq yoki diskomfort hissi paydo bo’lganda qo’llaniladi.
Allereyesdagi olopatadin H1-gistamin retseptorlarining selektiv ingibitori hisoblanadi, shuningdek semiz hujayralardan yallig’lanish mediatorlarini ajralib chiqishini ingibitsiya qiladi. Yaqqol allergiyaga qarshi (antigistamin) ta’sir ko’rsatadi.
Belazidim preparati III avlod sefalosporinlar guruhiga mansub keng spektrli antibakterial preparat hisoblanadi. Bakteritsid (mikroorganizmlar hujayra devori sintezlanishini to’xtatadi) ta’sir qiladi.
Belacef grammanfiy va grammusbat mikroorganizmlarga qarshi keng ta’sir doirasiga ega, grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlar ishlab chiqaradigan ko’pgina β-laktamazalarga nisbatan yuqori chidamlikka ega.
Biomexin: Preparat organizmning turli zararli omillar (shok, gipoksiya va ishemiya, miya qon aylanishining buzilishi, spirtli ichimliklar va antipsikotiklar bilan zaharlanish – neyroleptiklar) ta’siriga chidamliligini oshiradi.
Bromesol – mukolitik va balg’am ko’chiruvchi ta’sirga ega. Jiddiy bronxial sekretsiyalarning seroz komponentini ko’paytiradi; lipillovchi epiteliy kiprikchalarini faollashtiradi, balg’amning yopishqoqligini pasaytiradi, uning hajmini va yaxshi ko’chib chiqishni oshiradi.
Ichakning sog’lom mikroflorasini samarali qo’llab turish, me’yorda hazm qilish jarayonini va disbakterioz rivojlanishini oldini olish uchun ovqatga biologic faol qo’shimcha sifatida qo’llaniladi.
Biologik tabiyatli preparatdir. Patogen ta’siridan xoli, normada ichakda mavjud bo’luvchi Bacillus clausii mikroorganizmining sporalaridan tashkil topgan.
Geptolekt ko’plab transmetilatsiya reaktsiyalarida koenzim va metil guruhi donori sifatida, transsulfurizatsiya reaktsiyalarida biokimyoviy tiol birikmalarining (sistein, taurin, glutation, koenzim A va boshqalar) kashshofi sifatida ta’sir ko’rsatadi.
Глатаност-Т кўз томчилари иккита компонентдан иборат: латанопрост ва тимолол малеати. Ушбу икки компонент алохида таъсир механизмлари туфайли юқори кўз ичи босимини самарали (КИБ) пасайтиради ва алоҳида юбориладиган ҳар қандай моддага қараганда КИБни қўшимча пасайтиришга олиб келади.
Kaltsinorm neyronlararo va nerv-mushak o’tkazuvchanligini, yurak avtomatizmini taqsimlaydi, ko’ndalang-targ’il va silliq mushaklarning qisqarishida ishtirok etadi.
Ketorolak trometamol og’riq qoldiruvchi, yallig’lanishga qarshi va antipiretik ta’sirga ega, bu uning prostaglandinlarning biosintezini bostirish qobiliyatiga bog’liq.
Kontrimin. sigir o’pkasidan olingan polivalent proteinaz inhibitori. Plazmin, tripsin, kimotripsin va kallikrein kabi fermentlar bilan stoxiometrik komplekslar hosil qilib, Kontrimin gemostazning patofiziologik jarayonlarida rol o’ynaydigan plazma, qon hujayralari va to’qimalaridagi asosiy proteinazalarni faolsizlantiradi.
Kortipan. Preparat yallig’lanishga qarshi, allergiyaga qarshi va immunosupressiv ta’sirga ega, shuningdek, metabolizmning turli turlariga aniq va xilma-xil ta’sir ko’rsatadi.
Levoyaps – ko’z tomchilari ofloksatsin dori vositasining ratsemik L-izomeri. Ofloksatsinning antibakterial faolligini asosan ushbu L-izomer belgilaydi.
Meldovens Max yurak-qon tomir tizimining turli buzilishlarini davolash, miyani qon bilan ta’minlash, shuningdek, jismoniy va aqliy ish faoliyatini oshirish uchun ishlatiladi.
Metabolik jarayonlarni yaxshilaydi. Ishemiya paytida u glikolizni faollashtiradi. Karnitin sintezining pasayishi natijasida qon tomirlarini kengaytiruvchi ta’sirga ega bo’lgan gamma-butirobetainning tarkibi ortadi.
Memibel-L vaginal suppozitoriylar tarkibida metronidazol – antibakterial va trichomonadalarga qarshi ta’sir uchun, zamburuqlarga qarshi mikonazol va mahaliy anestetik samara beruvchi lidokain saqlaydi.
NEO VITES ishtaha uchun ozuqaga biologik qo’shimchasi yaxshi ishtahani ta’minlash va me’da-ichak traktini ovqat hazm qilish funktsiyasini ta’minlash uchun zarur bo’lgan biofaol moddalarning qo’shimcha manbai hisoblanadi.
NEO VITES tinch uyqu ozuqaga biologik faol qo’shimchasi – bu o’simlik komponentlaridan, B6 vitamini va melatonin majmuasidan iborat, bu ularning markaziy asab tizimidagi qo’zg’alish va ingibitsion jarayonlarining normal muvozanatini qo’llab turish uchun bir tarafga yo’naltirilgan ta’sirini hisobga olgan holda.
Novosalik – kuchli glyukokortikosteroid, betametazon va salitsil kislotasining birikmasidir. Novosalik yallig’lanishga qarshi, qichishishga qarshi, antiproliferativ, keratolitik va mikroblarga qarshi ta’sirga ega.
Pardifen aktiv geli yallig’lanishga qarshi ta’sir ko’rsatadi, ya’ni turli yallig’lanish jarayonlarining turli bo’g’inlariga ta’sir qiladi: antiprostaglandin samarasi; yuqori o’tkazuvchanlikni pasayishi, mikrosirkulyatsiya jarayonlarini normalashtirish, gistamin, bradikinin va yallig’lanishning boshqa mediatorlari ta’sirini kamaytirish.
Aminoglikozidlar guruhining antibiotiklari. Keng ta’sir doirasiga ega aminoglikozidlar guruhining yarim sintetik antibiotiki. Bakteritsid ta’sirga ega. Bakterial hujayra membranasiga faol kirib, u bakterial ribosomalarning 30S bo’linmasi bilan qaytarib bo’lmaydigan tarzda bog’lanadi va shu bilan patogen oqsil sintezini inhibe qiladi.
Ramkatsin transport va matritsa RNK komplekslari hosil bo’lishiga to’sqinlik qiladi, oqsil sintezini bloklaydi, shuningdek bakteriyalarning tsitoplazmatik membranalarini buzadi.
Revianoks tarkibidagi Tenoksikam nosteroid yallig’lanishga qarshi preparat bo’lib, u kuchli yallig’lanishga qarshi va og’riqni qoldiruvchi kuchli ta’sirga ega, isitmani tushirish ta’siri kamroq ifodalangan, shuningdek trombotsitlar agregatsiyasini ogohlantiradi.
Restorator jigarda GMG-KoA reduktaza va jigarda xolesterin sintezini ingibitsiya qilish orqali qon plazmasidagi xolesterin va lipoproteinlar darajasini kamaytiradi.
Mahalliy foydalanish uchun glyukokortikosteroidlar. Yallig’lanishga qarshi va allergiyaga qarshi ta’sirga ega. Preparatning mahalliy yallig’lanishga qarshi ta’siri tizimli ta’sir ko’rsatmaydigan dozalarda qo’llanilganda namoyon bo’ladi.
Rozaket tarkibidagi ketorolak og’riq qoldiruvchi va yallig’lanishga qarshi ta’sirga ega, biroq uning tizimli og’riq qoldirish ta’siri yallig’lanishga qarshi samarani sezilarli darajada oshiradi.
Levocetirizine allergik reaktsiyalarning rivojlanishini oldini oladi va yengillashtiradi, antieksudativ, qichishishga qarshi ta’sir ko’rsatadi; deyarli antixolinergik va antiserotonin ta’sir ko’rsatmaydi.
Levocetirizine allergik reaktsiyalarning rivojlanishini oldini oladi va yengillashtiradi, antiekssudativ, qichishishga qarshi ta’sir ko’rsatadi; deyarli antixolinergik va antiserotonin ta’sir ko’rsatadi.
Tadretdagi Torasemid peroral yuborilgandan keyin tez va deyarli to’liq so’riladi va uning zardobdagi kontsentratsiyasi bir soat davomida va peroral qabul qilingandan keyin 2 soatgacha o’zining cho’qqisiga (Cmax) erishadi.
Tvardoks H angiotenzin II retseptorlari antagonisti, telmisartan va tiazidli diuretik, gidroxlorotiazidi majmuasini namoyon qiladi. Qon bosimini samarali va asta-sekin pasayishini ta’minlaydi.
Angiotenzin II retseptorlarining spetsifik antagonisti. Angiotenzin II retseptorlari AT1 subtipi osti retseptorlariga yuqori yaqinlikga ega, angiotenzin II ning ta’siri ushbu retseptor orqali amalga oshiriladi.
Terikvin atipik antipsikotik preparatdir. Kvetiapin va uning faol metaboliti N-dezalkilkvetiapin bosh miyaning neytrotransmitter retseptorlari bilan o’zaro aloqa qiladi.
Urolekt tarkibidagi natriy bikarbonati kislotalarni neytrallashtiruvchi va siydikda kislota darajasini pasaytiruvchi ishqorlovchi agentdir. Siydikda yuqori kislotalik yallig’langan qovuqni siydik bilan to’qnashuvi natijasida achishish hissini chaqirishi mumkin. Natriy bikarbonatning asosiy vazifasi diskomfortni va siydik chiqarishdagi og’riqni yengillashtirish.
Flukonazol – bu triazol zamburug’ga qarshi agent. Asosiy ta’sir mexanizmi 14 – alfa-lanosterolning demetillashuvi reaktsiyasining susaytirish hisoblanadi, bu zamburug’larda ergosterol biosintezining asosiy bosqichidir.
Faol modda sifatida ofloksatsinning levorotator izomeri bo’lgan levofloksatsinni o’z ichiga olgan ftorxinolonlar guruhidan sintetik keng spektrli antibakterial preparat. Levofloksatsin DNK girazasini bloklaydi, DNK uzilishlarining o’ta saralanishi va o’zaro bog’lanishini buzadi, DNK sintezini inhibe qiladi va bakteriyalarning sitoplazmasi, hujayra devori va membranalarida chuqur morfologik o’zgarishlarni keltirib chiqaradi.
Ginkgo Biloba tarkibida 100 dan ortiq tabiiy biofaol moddalar mavjud bo’lib, ularning orasida eng muhimi triterpen laktonlari, kvertitsin bioflavonoidlari, tanin flavonoid glikozidlari, organik va ginkgol kislotalari, aminokislotalar, katexinlar, steroidlar va shakar, mikroelementlar va alohida vitaminlar hisoblanadi.
Emeron steroid bo’lmagan yallig’lanishga qarshi dori bo’lib, prostaglandinlar sintezi sikloksigenaza fermentining inhibitori sifatida ishlaydi. Emeron yallig’lanishga qarshi, og’riq qoldiruvchi va antipiretik vositadir.
Encelad – trombotsitlar agregatsiyasining o’ziga xos ingibitori bo’lib, koronar arteriyalarni kengaytiruvchi ta’sirga ega.
HOZIRGI PAYTDA MAHSULOTLAR YO‘Q
Amal qiluvchi qonunchilikka binoan, ushbu bo‘limda taqdim etilgan ma’lumot faqat tibbiyot va farmasevtika sohasida diplomlashtirilgan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.
Siz sog‘liqni saqlash sohasida diplomlashtirilgan mutaxassis hisoblanasizmi?