Bitta tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: mikronlanshtirilgan nimesulid 100 mg,
yordamchi moddalar: natriy dioktilsulfosuksinat, gidroksipropiltsellyuloza, laktoza monogidrati, mikrokristalli tsellyuloza, povidon, gidrogenizatsiyalangan kanakunjut moyi, magniy stearati, natriy kraxmalli glikolyati.
- kuchli og’riqni davolash
- osteoartritda og’riq sindromini simptomatik davolash
- birlamchi dismenoreya.
Emeronni faqat ikkinchi darajali dori sifatida buyurish lozim.
Kattalarga: ichga sutkada 1 tabletkadan (100 mg) 2 marta buyuriladi. Kattalar uchun sutkalik maksimal doza 200 mg ni tashkil qiladi. Davolash kursining davomiyligi 5 kundan oshmasligi kerak. Tabletkalar etarli miqdorda suv bilan, ovqatdan keyin qabul qilish afzal.
Jigar funktsiyasining buzilishi: Emeron preparati jigar patologiyasi bo’lgan bemorlarga tavsiya etilmaydi.
Buyrak funktsiyasining buzilishi: o’rtacha buyrak yetishmovchiligi bo’lgan bemorlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi, og’ir buyrak yetishmovchiligi bo’lgan bemorlarda preparat ni qo’llash mumkin emas.
Keksa yoshdagi bemorlar: dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.