Missiya va Mohiyat

Kompaniya missiyasi – ishtirokchi mamlakatlarning bozorlarida sifatli va erishimli dorilarning o‘sishiga, hamda zamonaviy tibbiyotning har xil yo‘nalishlari uchun davolashning yangi usullarini taklif qilishda ko‘maklashish.

Kompaniya mohiyati – ishtirokchi bozorlarda yetakchi o‘rinlarni va istiqbolda global masshtablarni egallashdir.

Strategiya

Vegapharm kompaniyasi ishonch bilan rivojlanib bormoqda va o‘smoqda. Bizning xodimlarimiz – dori vositalarini ishlab chiqish va ro‘yxatdan o‘tkazish sohasida qanday bo‘lsa, ularni rivojlantirish va distributsiya sohasida ham xuddi shunday ishlash tajribasiga ega bo‘lgan yosh va yuqori malakali menejerlar.

Biz dori preparatlarini ishlab chiqish va ishtirokchi bozorlarga ularni tatbiq qilish maqsadlarida zamonaviy texnologiyalarni va innovatsiyalarni faol tarzda qo‘llaymiz. Dori vositalarining zamonaviy tatbiq qilinishi hayotiy muhim dorilar qisqa muddatlarda patsiyentlarga yetkazilishiga yordam beradi. Tezlik va soddalik bizning mehnat muhitimizning platformasi hisoblanadi va bizning kompaniyamiz uchun belgilab beruvchi ahamiyatlarga ega. O‘z ishimizda biz, avvalo, turli xil kasalliklarni zamonaviy davolash va profilaktikasiga nisbatan zamonaviy farmasevtika bozori, hamda xalqaro tibbiyot tavsiyalari talablari bilan rahbarlik qilamiz. Kompaniya uchun strategik yo‘nalish bo‘lib turli xil kasalliklar uchun davolashning asl sxemalarini taqdim etish hisoblanadi.