- Allerayz
- Allergastin
- Belacef
- Belanj
- Belatirs Intensiv
- Belatirs Sprey
- Celevo
- Celevo
- Cerebral
- Cerebral Baby
- Cerebral Forte
- Cerebral Gold 50+
- Cerebral Gold 50+ Kapsulalar
- Cerebral Student
- Cocarbens
- Donezil
- Emeron
- Emeron
- Emeron gel
- Encelad
- Filarmeks
- Fobos
- Geptolekt
- Glatanost
- Glatanost-T
- Jasmed
- Karbolit
- Kategor Ofta
- Kontrimin
- L-Lizacin
- Lambene
- Lambrotin
- Lambrotin Sirop
- Levoyaps
- Levoyaps Pro
- Lindacals
- Lindafer
- Lindafer Plus
- Lindafer Sol
- Lindavit Pregna
- Lindavit Vision
- Livertin
- Meldovens Maks Ampulasi
- Neurolizin
- Novointofer+B9
- Novosalik
- Pardifen
- Pardifen Aktiv
- Pardifen Kids
- Ramkacin
- Reepitol
- Reklin
- Reklin Ampula
- Restator
- Rinaler
- Setimed
- Setimed Sirop
- Tamekraz
- Terikvin
- Tvardoks
- Tvardoks H
- Urolekt
- Vegaderm
- Vegtazon
- Velodep
- Verabez
- Vilgalin
- Viplaktin Amino
- Viplaktin Beybi
- Viplaktin-C
Yurak-qon tomir tizimi
Encelad
RXEncelad – trombotsitlar agregatsiyasining o’ziga xos ingibitori bo’lib, koronar arteriyalarni kengaytiruvchi ta’sirga ega.
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
Faol modda:
- 99 mg klopidogrel bisulfat
- klopidogrel (75 mg) ga ekvivalent;
yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, mikrokristalli tsellyuloza, pregelatinlangan kraxmal, talk (tozalangan), magniy stearati.
qobiqning tarkibi: pushti opadray (03B54040), izopropil spirti, dixlormetan (metilen xloridi).
Katta yoshdagi bemorlarda aterotrombotik asoratlarning oldini olish:
- miokard infarkti (bir necha kundan 35 kungacha bo’lgan vaqt ichida), ishemik insultlar (7 kundan 6 oygacha bo’lgan vaqt ichida) yoki tashxislangan periferik arterialar okklyuzion kasalliklarida;
- ST-segment ko’tarilmasdan o’tkir koronar sindromlarda (nostabil stenokardiya yoki Q tishsiz miokard infarkti), shu jumladan, teri orqali koronar amaliyot yordamida stentlash o’tkazilgan bemorlarda, atsetilsalitsil kislotasi bilan birga kombinatsiyada;
- ST segmentining ko’tarilishi bilan o’tkir koronar sindromi (o’tkir miokard infarkti) medikamentoz davolashda va atsetilsalitsil kislotasi bilan birga trombolitik terapiya imkoni bo’lmaganda.
- aterotrombotik va tromboembolik asoratlar profilaktikasi, shu jumladan insult, bo’lmachalar fibrilatsiyasida (hilpillovchi aritmiyada):
- eng kamida bitta qon-tomir kasalliklari asoratlari xavf omiliga ega bo’lgan, bilvosita antikoagulyantlar qabul qila olmaydigan va qon ketish xavfi past (atsetilsalitsil kislotasi bilan kombinatsiyada) bo’lgan bo’lmachalar fibrilatsiyasi (hilpillovchi aritmiyada) bor bemorlarda.
Doza kasallikning og’irligiga, organizmning holatiga, yoshiga, vazniga va bemorda jigar va buyrak faoliyatiga bog’liq.
Ichga, ovqat qabul qilinishidan qat’iy nazar, kuniga 1 marta etarli miqdordagi suv bilan ichiladi.
Davolash kursi davomiyligi va o’tkazilish soni individual ravishda aniqlanadi (kasallikning xususiyatlari va erishilgan terapevtik ta’sirga qarab).
Kattalar va keksa yoshdagi CYP2C19 izofermentni normal faollikdagi bemorlar
Miokard infarkti, ishemik insultlar yoki tashxislangan periferik arteriyalar oklyuzion kasalliklarida Encelad preparatini kuniga 1 marta 1 tabletkadan (75 mg) qabul qilish tavsiya etiladi.
ST segmenti ko’tarilishisiz o’tkir koronar sindromlarda (nostabil stenokardiya yoki Q tishsiz miokard infarktida) da Encelad preparati bilan davolash bir marta yuklama daza – 300 mg bilan boshlanib, keyinchalik 75 mg/sutkada dozani qabul qilish bilan davom ettirilishi kerak (atsetilsalitsil kislotasi bilan birga kuniga 75-325 mg dozada). Atsetilsalitsil kislotani yuqori dozada qabul qilish qon ketish xavfi yuqori bo’lganligi sababli atsetilsalitsil kislotasining tavsiya etiladigan dozasi 100 mg dan oshmasligi kerak.
Maksimal ijobiy ta’sir davolashning 3-oyiga kelab kuzatiladi. Davolanishning optimal davomiyligi bunday ko’rsatmada rasmiy ravishda aniqlanmagan. Klinik tadqiqotlar natijalari klopidogrelni ST segment elevatsiyasisiz o’tkir koronar sindrom rivojlanganidan keyin 12 oygacha qo’llash maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi.
ST segment elevatsiyasili o’tkir koronar sindromda (o’tkir miokard infarktida) medikamentoz davoda va trombolitik terapiya o’tkazish imkoni bo’lganda Encelad preparati kuniga 1 marta 75 mg dozada atsetilsalitsil kislotasi bilan kombinatsiyalangan yoki trombolitiklarsiz yuklama dozadan buyuriladi.
75 yoshdan oshgan bemorlar uchun Encelad preparati bilan davolash yuklama dozasini qo’llamasdan boshlanadi. Kombinirlangan terapiya simptomlar paydo bo’lgandan keyin iloji boricha ertaroq boshlanadi va kamida 4 hafta davom etadi. Ushbu bemorlarda klopidogrel va atsetilsalitsil kislotasi bilan kombinatsiyada 4 haftadan ko’p davom etadigan terapiyaning samaradorligi o’rganilmagan.
Bo’lmachalar fibrilatsiyasida (xilpiroq aritmiya) Encelad preparati kuniga 1 marta 75 mg dozada buyuriladi.
Klopidogrel bilan kombinatsiyada boshlab, so’ngra terapiyani atsetilsalitsil kislotaning kuniga 75-100 mg dozada davom ettirish kerak.
Navbatdagi dozani o’tkazib yuborish
Agar navbatdagi doza 12 soatdan kam vaqt ichida qabul qilinmagan bo’lsa, u holda Encelad preparatining o’tkazib yuborilgan dozasini darhol qabul qilish kerak, so’ngra keyingi dozani odatdagi vaqtda qabul qilinadi.
Agar navbatdagi doza qoldirilganiga 12 soatdan ko’p vaqt o’tgan bo’lsa, unda keyingi dozani odatdagi vaqtda olish kerak; ammo, dozani ikki baravar oshirish kerak emas.