Vilgalin Met

Vilgalin Met

RX

Vilgalin Met preparati qandli diabetning 2 tipi bo‘lgan pasientlarda glikemik nazoratni yaxshilash uchun turli ta'sir mexanizmiga ega qand darajasini pasaytiruvchi ikki vositaning: dipentidilpeptidaza-4 (DPP-4) ingibitorlari sinfiga mansub vildagliptin va biguanidlar sinfiga mansub metformin gidroxloridining majmuasidan iborat.

Yo'riqnomani yuklab olish arrow_forward

50 mg/500 mg li 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 50 mg vildagliptin va 500 mg metformin gidroxloridi;

yordamchi moddalar: magniy stearati, opadry 05F32897 sariq rang beruvchisi, tozalangan suv.

buyovchisi: titan dioksidi, temir oksidi (sariq)

50 mg/850 mg li 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 50 mg vildagliptin va 850 mg metformin gidroxloridi;

yordamchi moddalar: magniy stearati, opadry 05F32897 sariq rang beruvchisi, tozalangan suv.

buyovchisi: titan dioksidi, temir oksidi (sariq)

50 mg/1000 mg li 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 50 mg vildagliptin va 1000 mg metformin gidroxloridi;

yordamchi moddalar: magniy stearati, opadry 05F32897 sariq rang beruvchisi, tozalangan suv.

buyovchisi: titan dioksidi, temir oksidi (sariq).

Qandli diabetning II tipi bo‘lgan pasientlar uchun:

- qandli diabetning II tipida metformin yoki vildagliptin bilan monoterapiyaning samaradorligi yetarli bo‘lmaganda glikemiyani nazoratini yaxshilash uchun parhez bilan davolash va jismoniy mashqlarga qo‘shimcha sifatida;

- avval metformin va sul'fonilmochevina hosilalari bilan davolangan glikemiyaning adekvat nazoratiga erishilmagan qandli diabetning II tipi bo‘lgan pasientlarda glikemiyani nazoratini yaxshilash uchun sul'fonilmochevina bilan majmuada (uchlamchi davolash) parhez bilan davolash va jismoniy mashqlarga qo‘shimcha sifatida;

- avval barqaror dozada insulinoterapiya va metformin qabul qilgan glikemiyaning adekvat nazoratiga erishilmagan qandli diabetning II tipi bo‘lgan pasientlarda glikemiya nazoratini yaxshilash maqsadida insulin bilan majmuada parhez bilan davolash va jismoniy mashqlarga qo‘shimcha sifatida davolash uchun qo‘llanadi.

Kattalar

Preparat qandli diabetning II tipida giperglikemiyaga qarshi vosita sifatida qo‘llanilganida uning dozasi samaradorligi va o‘zlashtiraolinishiga qarab individual ravishda tanlanadi. Vilgalin Met preparati buyurilganida vildagliptinning maksimal sutkalik dozasidan (100 mg) oshmasligi kerak.

Vilgalin Met preparatining tavsiya etilayotgan boshlang‘ich dozasi pasientning holatga va/yoki pasientning hozirgi kunda qabul qilayotgan vildagliptin va/yoki metformin gidroxloridining tegishli dozasiga asoslangan bo‘lishi kerak.

Metformin gidroxloridining me'da-ichak yo‘llari tomonidan nojo‘ya ta'sirlaridan saqlanish uchun Vilgalin Met preparatini ovqatlanish vaqtida qabul qilish kerak.

Agar Vilgalin Met preparatining dozasi o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, uni pasient eslagani zahotiyoq qabul qilishi kerak. Bir kunda ikki marta doza qabul qilinishi mumkin emas.

Holati vildagliptin bilan monoterapiyada tegishli tarzda nazorat qilinmaydigan pasientlar uchun boshlang‘ich doza:

Metformin gidroxloridining odatdagi boshlang‘ich dozalari (500 mg sutkada ikki marta yoki 850 mg kuniga bir marta)ga asoslanib, Vilgalin Met preparati bilan davolashni terapevtik javobning adekvatligini baholagandan keyin asta-sekin titrlab, 50 mg/500 mg tabletkalarini qabul qilishdan boshlash mumkin.

Holati metformin gidroxloridi bilan monoterapiyada tegishli ravishda nazorat qilinmaydigan pasientlar uchun:

Vilgalin Met preparatining boshlang‘ich dozasi vildagliptinning 50 mg dan kuniga ikki marta ( sutkada 100 mg dozada) va pasientning avval qabul qilayotgan metformin dozasini ta'minlashi kerak.

Alohida preparatlar ko‘rinishidagi vildagliptin va metformin bilan majmuaviy davolashdan o‘tayotgan pasientlar uchun:

Vilgalin Met preparatini qabul qilishni pasient tomonidan qabul qilinayotgan vildagliptin va metforminning dozasiga asoslanib har qanday dozadagi tabletkalardan: 50 mg/500mg, 50 mg/850 mg yoki 50 mg/1000 mg boshlash mumkin.

Avval diabetga qarshi preparatlar bilan davolanmagan pasientlar uchun boshlang‘ich doza:

Vilgalin Met preparati bilan davolashni terapevtik javobning adekvatligini baholagandan keyin asta-sekin titrlab, 50 mg/500 mg tabletkalarini qabul qilishdan boshlash mumkin.

Metformin va sul'fonilmochevina bilan ikkilamchi majmuada holati talab darajasida nazorat qilinmayotgan pasientlar uchun:

Vilgalin Met preparatining dozasi kuniga ikki marta 50 mg vildagliptin (sutkada 100 mg dozada) va pasient tomonidan qabul qilinayotgan metforminning dozasini ta'minlashi kerak. Agar Vilgalin Met preparati sul'fonilmochevina bilan majmuada qabul qilinayotgan bo‘lsa, gipoglikemiya rivojlanishi xavfini kamaytirish uchun sul'fonilmochevinaning pastroq dozalarini buyurish imkonini ko‘rib chiqish kerak.

Insulin va metforminning maksimal o‘zlashtiraolinadigan dozasi bilan majmuadagi talab darajasida nazorat qilinmaydigan pasientlar uchun:

Vilgalin Met preparatining dozasi kuniga ikki marta 50 mg vildagliptin (sutkada 100 mg dozada) va pasient avvaldan qabul qilayotgan metforminning dozasini ta'minlashi kerak.

Tiazolidindion bilan tarkibida uch komponentli majmuaviy davolashda vildagliptin va metforminning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.

Pasientlarning alohida guruhlari:

Keksa yoshdagi (≥65 yosh) pasientlar.

Metformin buyrak orqali chiqarilganligi tufayli, keksalarda esa ularning faoliyatini susayishiga moyillik mavjudligi sababli, ushbu yosh toifasidagi pasientlarda Vilgalin Met preparati bilan davolash vaqtida buyrakning funksional holatini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish kerak. ≥65 yoshdagi keksa pasientlar uchun Vilgalin Met preparatining dozasiga buyrak faoliyatiga qarab tuzatish kiritish kerak.

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar

Kreatinin klirensi minutiga 60-90 ml (buni qon zardobidagi kreatinin darajasiga qarab Kokroft-Golt formulasi bo‘yicha hisoblash mumkin) bo‘lgan buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda Vilgalin Met preparatining dozasiga tuzatish kiritish talab etilishi mumkin. Kreatinin klirensi <60 ml/min bo‘lgan pasientlarda Vilgalin Met preparatini qo‘llash mumkin emas.

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar

Jigar yetishmovchiligining klinik yoki laboratoriya ko‘rinishlari bo‘lgan pasientlarda, shu jumladan davolashni boshlashdan oldin ALT yoki AST faolligi normaning yuqori chegarasidan 2,5 martadan ko‘proq yuqori bo‘lgan holatlarda Vilgalin Met preparatini buyurish tavsiya etilmaydi.

Pediatrik pasientlar

Bolalarda Vilgalin Met preparatini qo‘llashning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan. Shuning uchun 18 yoshdan kichik pasientlarga Vilgalin Met preparatini buyurish tavsiya etilmaydi.