- Allerayz
- Allergastin
- Belacef
- Belanj
- Belatirs Intensiv
- Belatirs Sprey
- Celevo
- Celevo
- Cerebral
- Cerebral Baby
- Cerebral Forte
- Cerebral Gold 50+
- Cerebral Gold 50+ Kapsulalar
- Cerebral Student
- Cocarbens
- Donezil
- Emeron
- Emeron
- Emeron gel
- Encelad
- Filarmeks
- Fobos
- Geptolekt
- Glatanost
- Glatanost-T
- Jasmed
- Karbolit
- Kategor Ofta
- Kontrimin
- L-Lizacin
- Lambene
- Lambrotin
- Lambrotin Sirop
- Levoyaps
- Levoyaps Pro
- Lindacals
- Lindafer
- Lindafer Plus
- Lindafer Sol
- Lindavit Pregna
- Lindavit Vision
- Livertin
- Meldovens Maks Ampulasi
- Neurolizin
- Novointofer+B9
- Novosalik
- Pardifen
- Pardifen Aktiv
- Pardifen Kids
- Ramkacin
- Reepitol
- Reklin
- Reklin Ampula
- Restator
- Rinaler
- Setimed
- Setimed Sirop
- Tamekraz
- Terikvin
- Tvardoks
- Tvardoks H
- Urolekt
- Vegaderm
- Vegtazon
- Velodep
- Verabez
- Vilgalin
- Viplaktin Amino
- Viplaktin Beybi
- Viplaktin-C
- Keng tarqalgan dorilar:
- Cerebral Student
- Lindafer Sol
- Restator
- Ramkacin
- Reklin
- Donezil
Yurak-qon tomir tizimi
Restator
RXRestator jigarda GMG-KoA reduktaza va jigarda xolesterin sintezini ingibitsiya qilish orqali qon plazmasidagi xolesterin va lipoproteinlar darajasini kamaytiradi.
Har bir plyonka bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: atorvastatin kaltsiy trihidrati atorvastatinga 10 mg, 20 mg, 40 mg ga teng;
yordamchi moddalar: kaltsiy karbonat kukuni, laktoza monohidrat, mikrokristalli tsellyuloza, krosarmelloza natriy, povidon, polisorbat 60, kolloid suvsiz kremniy dioksid, talk, magniy stearat qobig’i: opadri oq 03F28342.
- umumiy xolesterin, PZLP xolesterin, apolipoprotein B va triglitseridlarning oshgan darajasini pasaytirish va YZLP xolesterin darajasini oshirish uchun parhez bilan birga giperxolesterinemiya, geterozigot oilaviy va oilaviy bo’lmagan giperxolesterinemiya va majmuaviy (aralash) giperlipidemiyasi (Fredrikson bo’yicha IIa va IIb tiplari) bo’lgan bemorlarga;
- parhez bilan davolash adekvat samara bermagan zardobda triglitseridlar darajasi yuqori (Fredrikson bo’yicha IV tipi) bo’lgan bemorlar va disbetalipoproteinemiya (Fredrikson bo’yicha III tipi) bo’lgan bemorlarga;
- parhez bilan davolash va davolashning farmakologik bo’lmagan usullari yetarli samarador bo’lmaganida umumiy xolesterin va PZLP xolesterin darajasini pasaytirish uchun gomozigot oilaviy giperxolesterinemiyasi bo’lgan bemorlarga.
Preparatni kunning istalgan vaqtida, sutkada bir marta, ovqatlanishdan qat’iy nazar qabul qilish mumkin. Dozani PZLP xolesterinning dastlabki darajasi, davolashning maqsadi va bemorning davolanishga bo’lgan reaktsiyasiga qarab individual ravishda tanlash kerak. Davolashni boshida va/yoki Restator dozasini oshirish vaqtida har 2-4 xaftada qon plazmasida lipidlar darajasini nazorat qilish va tegishli ravishda dozaga tuzatish kiritish kerak.
Dozaga tuzatish kiritishni kamida 4 haftalik oralig’ida amalga oshirish kerak. Maksimal sutkalik dozasi 80 mg ni tashkil qiladi.
Yurak ishemik kasalligi (YIK) aniqlangan bemorlar uchun va yurak-qon tomir asoratlarining yuqori xavfiga ega bo’lgan boshqa bemorlarda lipidlarning darajasini muvofiqlashtirishning qo’yidagi maqsadlariga erishish tavsiya etiladi: PZLP xolesterin 3,0 mmol / L dan kam (yoki 115 mg / dL dan kam) va umumiy xolesterin miqdori 5,0 mmol / l (yoki 190 mg / dl dan kam).
Heterozigot oilaviy giperxolesterinemiya. Har 4 haftada dozaga individual ravishda tuzatish kiritiladi, unga kuniga 40 mg gacha etkazish kerak. Shundan so’ng, dozani kuniga 80 mg ga teng maksimal darajaga oshirish yoki 40 mg Restator va o’t kislotasining sekvestrantining majmuaviy buyurish kerak.
Gomozigotli oilaviy giperxolesterinemiya. Sutkada 1 marta 80 mg dozada buyuriladi.
Buyrak yetishmovchiligi bo’lgan bemorlarda. Buyrak kasalligi qon plazmasida atorvastatinning kontsentratsiyasiga yoki uni qo’llaganda lipidlarni kamayish darajasiga ta’sir ko’rsatmaydi; shuning uchun buyrak kasalligi bo’lgan bemorlarda dozaga biron-bir tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Jigar yetishmovchiligi bo’lgan bemorlarda. Jigar yetishmovchiligida dozani pasaytirish yoki preparatni bekor qilish talab etilishi mumkin.
Pediatriyadan foydalanish. Preparatni bolalarda qo’llash tajribasi cheklangan va yetarli emas.
O’tkazib yuborilgan doz. Preparatning o’tkazib yuborilgan dozasini o’rnini to’ldirish uchun dozani ikki marta qabul qilish mumkin emas. Bunday hollarda preparatni xuddi shu dozasini davom ettirish va keying dozani buyurilgan vaqtda qabul qilish kerak.