Meldovens Maks Ampulasi

Meldovens Maks Ampulasi

RX

Meldovens Max yurak-qon tomir tizimining turli buzilishlarini davolash, miyani qon bilan ta’minlash, shuningdek, jismoniy va aqliy ish faoliyatini oshirish uchun ishlatiladi.

Yo'riqnomani yuklab olish arrow_forward

1 ampulada (5 ml) quyidagilar mavjud:

faol moddalar:

  • meldonium dihidrat 500 mg;
  • arginin gidroxloridi 1 g;

yordamchi modda: in’ektsiya uchun suv 5 ml gacha.

- yurak ishemik kasalliklarini majmuaviy davolash (stenokardiya, miokard infarkti);

– disgormonal buzilishlar tufayli surunkali yurak yetishmovchiligi va kardiomiopatiya;

– miyani qon bilan ta’minlashning o‘tkir va surunkali buzilishlarini majmuaviy davolash (insult va serebrovaskulyar yetishmovchilik);

– turli etiologiyali gemoftalm va to‘r pardaga qon qo‘yilishlar, to‘r pardaning markaziy tomir va uning shoxlari trombozi, turli etiologiyali retinopatiyalar (diabet, gipertonik);

– ishga layoqatlikni pasayishi;

– aqliy va jismoniy zo‘riqishlar (shu jumladan sportchilar orasida)

– surunkali alkogolizmda absistensiya sindromi (alkogolizmning maxsus terapiyasi bilan birgalikda);

– erkaklar bepushtligida spermatogenezni rag‘batlantirish uchun qo‘llaniladi.

Yurak-qon tomir kasalliklari.

Majmuaviy davolashning bir qismi sifatida:

- YUIK (miokard infarkti) – v/i oqim bilan kuniga 1,5-3 g (5-10 ml preparat);

- YUIK (stabil stenokardiya); SYUYE va disgormonal kasalliklar tufayli kardiomiopatiya – v/i oqim bilan 1,5-3 g (5-10ml preparat) yoki 1,5 g (5 ml preparat) m/i

sutkada 1-2 marta, davolash kursi - 10-14kun, keyin ichga qabul qilishga o‘tish.

Davolashning umumiy kursi 4-6 hafta.

Miya qon aylanishining buzilishlari.

O‘tkir fazada majmuaviy davolashni bir qismi sifatida kuniga 1 marta 1,5 g (5 ml preparat) 10 kun davomida vena ichiga yuboriladi, keyinchalik 1,5-3 g gacha ichga qabul qilish o‘tish bilan, davolash kursi 4-6 hafta.

Surunkali miya qon aylanishi yetishmovchiligi (dissirkulyator ensefalopatiya) da - 1,5 g (5 ml m/i yoki v/i kuniga bir marta 10 kun davomida, keyin 1,5 g ichga qabul qilish o‘tish.

Umumiy davolash kursi 4-6 hafta. Takroriy kurslar (odatda yiliga 2- 3 marta) shifokor bilan maslahatlashganidan keyin mumkin.