- Allerayz
- Allergastin
- Belacef
- Belanj
- Belatirs Intensiv
- Belatirs Sprey
- Celevo
- Celevo
- Cerebral
- Cerebral Baby
- Cerebral Forte
- Cerebral Gold 50+
- Cerebral Gold 50+ Kapsulalar
- Cerebral Student
- Cocarbens
- Donezil
- Emeron
- Emeron gel
- Encelad
- Essiro
- Filarmeks
- Fobos
- Geptolekt
- Jasmed
- Karbolit
- Kategor Ofta
- Kontrimin
- Kortipan
- Lambene
- Lambrotin
- Lambrotin Sirop
- Levoyaps
- Levoyaps Pro
- Lindacals
- Lindafer Plus
- Lindafer Sol
- Lindavit Kardio
- Lindavit Pregna
- Lindavit Vision
- Livertin
- Meldovens Maks Ampulasi
- Novosalik
- Pardifen
- Pardifen Aktiv
- Ramkacin
- Reepitol
- Reklin
- Reklin Ampula
- Restator
- Rinaler
- Tamekraz
- Terikvin
- Tvardoks
- Tvardoks H
- Urolekt
- Vegaderm
- Vegtazon
- Verabez
- Vilgalin Met
- Viplaktin Amino
- Viplaktin-C
- Keng tarqalgan dorilar:
- Karbolit
- Cerebral Gold 50+ Kapsulalar
- Vilgalin Met
- Lindafer Plus
- Belatirs Intensiv
- Lindafer Sol
Suyak-mushak tizimi
Kortipan
RXKortipan preparati o‘zi bilan kortikosteroidlarga sezgir kasalliklarni davolashda qo‘llaniladigan, yallig‘lanishga qarshi, revmatizmga qarshi va allergiya qarshi kuchli ta'sirga ega bo‘lgan betametazonning eruvchan va kam eruvchan efirlarini ifoda etadi.
Bitta ampula quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: betametazon natriy fosfati (100% quruq moddaga qayta hisoblanganda) 2,63 mg (2,0 mg betametazonga ekvivalent), betametazon dipropionati (100% quruq moddaga qayta hisoblanganda) 6,43 mg (5,0 mg betametazonga ekvivalent);
yordamchi moddalar: metilparagidroksibenzoat (nipagin, Ye218), propil-paragidroksibenzoat (nipazol, Ye 216), benzil spirti, natriy xloridi, natriy gidrofosfati digidrati, dinatriy edetati (Trilon B), natriy karmelozasi (natriy karboksimetilsellyulozasi), polisorbat 80, polietilenglikol' 4000, xlorid kislotasi, in'eksiya uchun suv.
Skelet-mushak tizimi va yumshoq to‘qimalar: revmatoid artrit, osteoartrit, bursit, ankilozlovchi spondiloartrit, epikondilit, radikulit, koksidiya (dumg‘azadagi og‘riq), radikulit, lyumbago, o‘tkir podagrik artrit, qiyshiq bo‘yin, ganglioz kista, ekzostoz (suyak-tog‘ay to‘qimasidagi o‘simta) va fassiit.
Allergik kasalliklar: surunkali bronxial astma (jumladan, astmatik statusning majmuaviy terapiyasida), pollinoz, angionevrotik shish, og‘ir allergik bronxit, kontaktli dermatit, atopik dermatit, mavsumiy yoki yil bo‘yi allergik riniti, dori reaksiyasi, zardobli kasallik va dorilar yoki xasharotlar chaqishidan kelib chiqqan reaksiyalar.
Dermatologik kasalliklar: atopik dermatit (tangasimon ekzema), neyrodermit (oddiy shrab oluvchi temiratki), kontaktli dermatit, og‘ir quyoshli dermatit, eshakemi, gipertrofik qizil yassi temiratki, diabetik lipodistrofiya, o‘choqli alopesiya, diskoidli qizil yugurik, psoriaz, keloidsimon chandiqlar, oddiy obichnaya pufakcha, gerpetik shaklli dermatit va kistoz ugrilar.
Kollagenozlar: tizimli qizil yugurik, sklerodermiya, dermatomiozit va tugunli periarteriit.
Neoplastik kasalliklar: kattalarda leykozlar va limfomalarni palliativ davolash sifatida; bolalardagi o‘tkir leykoz.
Boshqa holatlar: adrenogenital sindrom, yarali kolit, Kron kasalligi, spru, pediatrik kasalliklar (qattiq miya qobig‘i ostidagi bursit, oyoq kaftining bursitli katta barmog‘i, barmoqlarning varusli deformasiyasi), subkon'yunktival in'eksiyalarni talab qiluvchi holatlar, kortikosteroidqaramli qon kasalliklari, nefrit va nefrotik sindrom.
Birlamchi yoki ikkilamchi bo‘yrak usti beza yetishmovchiligi (bir vaqtning o‘zida mineralokortikosteroidlarni yuborish shartida) da qo‘llaniladi.
Dozalash rejimi va yuborish usuli individual tarzda, ko‘rsatmalarga, kasallikning og‘irligiga va pasientning davolashga bo‘lgan reaksiyasiga qarab belgilanadi.
Kortipan preparati quyidagilarda tavsiya etiladi:
1) tizimli kortikosteroidlarning ta'sirigi javob qaytaruvchi kasalliklarda mushak ichi in'eksiyalari;
2) shikastlangan yumshoq to‘qimalarga ko‘rsatmalar bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri in'eksiyalar;
3) artritlarda bo‘g‘im ichi va bo‘g‘im atrofi in'eksiyalari;
4) turlicha dermatologik kasalliklarda to‘qima ichi in'eksiyalari;
5) oyoq kaftining ayrim yallig‘lanish va kistoz kasalliklarida mahalliy in'eksiyalar.
Yuborishdan oldin chayqatish zarur.
Dozalanishi
Dozasi minimal, qo‘llash davri- maksimal tarzda qisqa bo‘lishi kerak.
Dozasini qoniqarli klinik javobni olgunga qadar tanlash zarur. Ma'lum vaqt oralig‘idan keyin qoniqarli klinik javob bo‘lmasa, dozani sekin-asta kamaytirish yo‘li bilan Kortipan preparatini bekor qilib, boshqa terapiyani tayinlash zarur.
Terapevtik samaraga erishilgandan keyin adekvat klinik samarani ta'minlovchi minimal dozaga erishgunga qadar, tutib turuvchi dozasi ma'lum vaqt oralig‘ida yuboriladigan dozani sekin-asta pasaytirish orqali tanlanadi.
Yuborish usuli
Kortipanni vena ichiga yoki teri ostiga yuborish mumkin emas.
Tizimli davolashda Kortipan preparatining boshlang‘ich dozasi ko‘p hollarda 1-2 ml ni tashkil qiladi. Pasientning holatidan kelib chiqib, zaruratga qarab yuborishni takrorlash mumkin. Yuborish dumba sohasiga mushak ichiga (m/i) chuqur kiritish orqali amalga oshiriladi. Dozasi va yuborish tez-tezligi pasient ahvolining og‘irligiga va terapevtik javobga qarab belgilanadi.
˗ shoshilinch choralarga muhtoj bo‘lgan og‘ir holatlarda (qizil yugurik va astmatik status) preparatning boshlang‘ich dozasi 2 ml ni tashkil qilishi mumkin;
- dermatologik kasalliklarda, odatda, 1 ml preparatning o‘zi yetarli, terapevtik javobga qarab uni takroran yuborish mumkin;
˗ nafas tizimi kasalliklarida Kortipan preparatining ta'siri preparatning mushak ichi in'eksiyasidan so‘ng bir necha soatlardan keyin boshlanadi. Bronxial astmada, pollinozda, allergik bronxitda va allergik rinitda holatning ahamiyatli yaxshilanishiga 1-2 ml preparat yuborilganidan keyin erishiladi;
˗ o‘tkir va surunkali bursitlarda mushak ichi yuborish uchun preparatning boshlang‘ich dozasi 1-2 ml ni tashkil etadi. Zaruratga qarab preparat takroran yuboriladi.
Mahalliy yuborishda bir vaqtning o‘zida mahalliy anestetikni qo‘llash kam hollarda talab etiladi. Mahalliy anestetiklar bilan birga yuborilganida Kortipanni shprisda (flakonda emas) tarkibida parabenlar bo‘lmagan dori formalaridan foydalanib, 1% yoki 2% prokain gidroxloridi eritmasi yoki lidokain bilan aralashtirish mumkin. Shuningdek, shu kabi mahalliy anestetiklarni qo‘llash mumkin. Tarkibida metilparaben, propilparaben, fenol va boshqa shu kabi moddalar bo‘lgan anestetiklarni qo‘llash mumkin emas. Kortipan preparati bilan majmuada anestetik qo‘llanilganida dastlab flakondan shprisga preparatning zarur dozasi tortiladi, keyin shu shprisning o‘ziga ampuladan zarur miqdorda mahalliy anestetik tortiladi va qisqa vaqt davomida chayqatiladi.
O‘tkir bursitlarda (subdel'tosimon, kurak osti, tirsakli va tizza usti oldi) sinovial sumkaga 1-2 ml Kortipan preparatining yuborilishi og‘riqni yengillashtirishi va bir necha soatlar davomida harakatchanlikni to‘liq tiklashi mumkin.
O‘tkir simptomlar to‘silishi bilan, surunkali bursitni Kortipan preparatining past dozalarini yuborish bilan davolash mumkin.
Tenosinovit, tendinit va peritendinit kabi o‘tkir holatlarda Kortipan preparatining yuborilishi kasallik simptomlarini yaxshilashi kerak. Ushbu holatlarning surunkali shakllarida, har bir alohida pasientning holatiga qarab takroran in'eksiya talab etilishi mumkin.
0,5-2 ml Kortipan dozasini bo‘g‘im ichiga yuborishdan keyin ikki-to‘rt soat davomida revmatoid artrit va osteoartrit tufayli vujudga kelgan og‘riq va siqiqlikni yengillashtirish mumkin. Ikkala holatda ham, ko‘pgina hollarda simptomlar yegillashishining davomiyligi katta variasiyalar bilan to‘rt va undan ortiq haftani tashkil qiladi.
Kortipan preparatini bo‘g‘im ichiga yuborilishi bo‘g‘im va periartikulyar to‘qimalar tomonidan yaxshi ko‘tara olinadi.
Katta bo‘g‘imlarga (tizza, tos-son, yelka) yuborish uchun preparatning tavsiya etiladigan dozalari - 1-2 ml;
o‘rtacha bo‘g‘imlar uchun (tirsak, bilak, boldir-tovon) - 0.5-1 ml;
mayda bo‘g‘imlar uchun (tovon, qo‘l, ko‘krak qafasi) - 0.25-0.5 ml.
Dermatologik holatlar Kortipan preparatining o‘choq ichiga yuborilishiga javob qaytirishi mumkin. To‘g‘ridan-to‘g‘ri davolab bo‘lmaydigan ayrim shikastlanishlarning reaksiyasi preparatning kuchsiz tizimli ta'siriga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Ayrim teri kasalliklarida preparatni bevosita shikastlanish o‘chog‘iga teri ichiga yuborish samarali hisoblanadi, dozasi 0.2 ml/sm2 ni tashkil qiladi. Shikastlanish joyi tuberkulin shpris va 26 G ignadan foydalanib, bir maromda sanchib chiqiladi. 1 hafta davomida kiritiladigan barcha sohalarga yuborilgan preparatning summar dozasi 1 ml dan oshmasligi kerak. Oyoq kafti katta barmog‘i rigidligi, varusli barmoq va o‘tkir podagrik artrit kabi ma'lum holatlarda yengillashish tez sodir bo‘ladi. Ko‘pgina in'eksiyalar uchun tuberkulin shpris va 26 G kalibrli ignadan foydalanish tavsiya etiladi.
Kortipan preparatining tavsiya etilgan bir martalik dozalari (haftada 1 marta):
˗ qattiq qavariqda - 0.25 ml (odatda, 2 ketma-ket in'eksiya qilinadi);
˗ shporada - 0.5 ml;
˗ oyoq kafti katta barmog‘i qiyin harakatlanishida - 0.5 ml;
˗ sinovial kistada - 0.25 ml dan 0.5 ml gacha; tendosinoviitda - 0.5 ml;
˗ o‘tkir podagrik artritda - 0.5 ml dan 1 ml gacha.
Terapevtik samaraga erishilgandan keyin preparatning tutib turuvchi dozasi minimal samarali dozaga erishgunga qadar ma'lum vaqt oraliqlarida boshlang‘ich dozasini sekin-asta tushirish yo‘li orqali tanlanadi.
Pasientga stressli holatlarni ta'sir ko‘rsatishi (kasallik bilan bog‘lanmagan) Kortipan preparatining dozasini oshirishni talab etishi mumkin.
Uzoq muddatli davolashdan keyin dozani sekin-asta tushirish yo‘li bilan preparat bekor qilinadi. O‘sish davridagi bolalarda kortikosteroidlarni faqat mutloq ko‘rsatkichlar bo‘yicha va davolovchi shifokorning sinchkov nazorati ostida o‘tkazish lozim.