Lambene

Lambene

RX

Lambene yallig’lanishga qarshi, isitmani tushiruvchi, og’riqni qoldiruvchi va revmatizmga qarshi ta’sir ko’rsatadi.

Yo'riqnomani yuklab olish arrow_forward

2 ml A inyeksion eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

  • deksametazon 3,32 mg,
  • fenilbutazon 375,00 mg,
  • sirka kislotasi salitsilamid natriy 150,00 mg;

yordamchi moddalar: lidokain gidroxloridi 4 mg, natriy gidroksidi 49,08 mg, in’ektsiyalar uchun suv 1675,92 mg.

1 ml B in’eksiyon eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: sianokobalamin (B12 vitamini) – 2,5 mg;

yordamchi moddalar: lidokain gidroxloridi 2 mg, inyeksiyalar uchun suv 996,5 mg.

O’tkir kasalliklarni qisqa muddatli davolash:

  • revmatoid artritda, osteoartrozda, podagradagi bug’im sindromi;
  • nevrit, nevralgiya, radikulit (shu jumladan, umurtqapog’onasmining degenerativ kasalliklaridagi) va boshqalarda qo’llaniladi.

Preparat sutkada yoki kunora 1 inyeksiyadan, xaftada 3 inyeksiyadan ko’p bo’lmagan miqdorda buyuriladi. Davolashning takroriy kurslarini o’tkazishda, ular orasidagi interval kamida 2 haftani tashkil qilishi kerak.

In’eksiyani m/i asta-sekin amalga oshiriladi. Bemor gorizontal holatda bo’lishi kerak. Oldin shprisga A eritmasi, so’ngra B eritmasi tortiladi, eritmaning harorati tana haroratiga yaqin bo’lishi kerak.