Nafas olish tizimi

Lambrotin

Lambrotin

OTC

Lambrotin – allergiya bilan kechadigan o’tkir respirator virusli infektsiyalarni davolash uchun mukolitik va antigistaminning noyob birikmasi.

Yo'riqnomani yuklab olish arrow_forward

Har bir tabletka mavjud:

faol moddalar:

  • ambroksol gidroxlorid BP 30 mg;
  • setirizin gidroxlorid BP 5 mg;

yordamchi moddalar: laktoza, makkajo’xori kraxmal, mikrokristalin tsellyuloza, metilparaben, propilparaben, tozalangan suv, magniy stearati, tozalangan talk, kolloid kremniy dioksidi, natriy lauril sulfat.

Viskoz balg’am chiqishi bilan nafas olish yo’llarining kasalliklari:

– o’tkir va surunkali bronxit;

– pnevmoniya;

– surunkali obstruktiv o’pka kasalligi;

– balg’am chiqishi qiyin bo’lgan bronxial astma;

– bronxoektaziya.

Lambrotin preparati og’iz orqali, ovqat paytida va oz miqdorda suyuqlik bilan buyuriladi.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan o’smirlar – kuniga 2 marta 1 tabletka.

6 yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan bolalar – kuniga 2 marta 1/2 tabletka.

4-5 kundan ortiq shifokor retseptisiz foydalanish tavsiya etilmaydi.

Davolash paytida ko’p miqdorda suyuqlik (sharbatlar, choy, suv) ichish kerak, chunki u preparatning mukolitik ta’sirini kuchaytiradi.