- Allerayz
- Allergastin
- Belacef
- Belanj
- Belatirs Intensiv
- Belatirs Sprey
- Celevo
- Celevo
- Cerebral
- Cerebral Baby
- Cerebral Forte
- Cerebral Gold 50+
- Cerebral Gold 50+ Kapsulalar
- Cerebral Student
- Cocarbens
- Donezil
- Emeron
- Emeron
- Emeron gel
- Encelad
- Filarmeks
- Fobos
- Geptolekt
- Glatanost
- Glatanost-T
- Jasmed
- Karbolit
- Kategor Ofta
- Kontrimin
- L-Lizacin
- Lambene
- Lambrotin
- Lambrotin Sirop
- Levoyaps
- Levoyaps Pro
- Lindacals
- Lindafer
- Lindafer Plus
- Lindafer Sol
- Lindavit Pregna
- Lindavit Vision
- Livertin
- Meldovens Maks Ampulasi
- Neurolizin
- Novointofer+B9
- Novosalik
- Pardifen
- Pardifen Aktiv
- Pardifen Kids
- Ramkacin
- Reepitol
- Reklin
- Reklin Ampula
- Restator
- Rinaler
- Setimed
- Setimed Sirop
- Tamekraz
- Terikvin
- Tvardoks
- Tvardoks H
- Urolekt
- Vegaderm
- Vegtazon
- Velodep
- Verabez
- Vilgalin
- Viplaktin Amino
- Viplaktin Beybi
- Viplaktin-C
NYAQP
Reklin Ampula
RXReklin – yallig’lanishga qarshi, og’riq qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi oksikamlar guruhiga mansub nosteroid yallig’lanishga qarshi vosita (NYQV).
Bitta ampula quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: meloksikam BP 15 mg.
yordamchi moddalar: meglumin, glyukofurol, poloksamer 188, glitsin, natriy xloridi, natriy gidroksidi, inyeksiya uchun suv.
Reklin 15 mg: Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: meloksikam BP 15 mg.
yordamchi moddalar: laktoza monohidrati, mikrokristalli tsellyuloza, natriy sitrati, povidon, krospovidon, kolloid suvsiz kremniy, magniy stearati.
Boshlang’ich davolash davri va qisqa muddatli simptomatik davolash:
- osteoartritdagi og’riq sindromi (artroz, bo’g’imlarni degenerativ shikastlanishlarida);
- revmatoid artrit;
- ankilozlanuvchi spondilitda (meloksikamning peroral yoki rektal yuborish uchun dori shakllarini qo’llash mumkin bo’lmagan holatlarda).
Kattalarga: mushak ichiga yuborilishi faqat 3-5 kun davomida amalga oshirilishi mumkin (vaziyatning og’irligiga qarab). Keyinchalik davolanish uchun preparatning boshqa dori shakllarini qabul qilish tavsiya qilinadi: ichga qabul qilish uchun tabletkalar yoki rektal shamchalar. Noxush samaralar, simptomlarni nazorat qilish zarur bo’lgan minimal samarali dozani minimal vaqt davomida qo’llash yo’li bilan minimumga yetkazilishi mumkin.
Reklin preparatining tavsiya qilinadigan dozasi sutkada bir marta 7,5 yoki 15 mg ni tashkil qiladi (og’riq jadalligi va yallig’lanish reaktsiyasining og’irlik darajasiga qarab).
Buyrak funktsiyasining biroz yoki o’rtacha susayishida (kreatinin klirensi normadan 25 ml / min dan kam bo’lmagan miqdorda pasayadi), shuningdek remissiya bosqichidagi jigar sirrozida dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
Og’ir buyrak yetishmovchiligi bo’lgan, gemodializdagi bemorlar uchun ampulalardagi Reklin preparatining maksimal sutkalik dozasi 7,5 mg dan oshmasligi kerak. Nojo’ya ta’sirlarning yuqori xavfi bo’lgan bemorlarda boshlang’ich doza sutkada 7,5 mg ni tashkil qiladi.
Nomutanosiblik yuz berishini hisobga olib, ampulalarning tarkibini boshqa dori vositalar bilan bitta shpritsda aralashtirish mumkin emas!
Reklin preparati dumba mushagining yuqori tashqi qismiga mushak ichiga chuqur inyeksiya ko’rinishida (aseptika qoidalariga amal qilib) yuboriladi. Takroriy inyeksiyalarda yuborish joyini o’zgartirish kerak. Preparatni yuborishdan oldin, igna qon tomirlariga tushmaganiga ishonch hosil qilish kerak.
Inyeksiya vaqtida kuchli og’riq yuz bergan hollarda preparatni yuborishni zudlik to’xtatish lozim.
Agar bemorda tos-son bo’g’imi protezi bo’lgan hollarda, inyeksiyani boshqa tomonga qilish lozim.